Ko'k avtomobil chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?

Izoh: YHQ 16-bobi 106, 106-bandlariga asosan, teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, keyingi harakat yoʻnalishidan qat'i nazar, asosiy yoʻldan kelayotgan transport vositasiga ikkinchi darajali yoʻldan kelayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda, asosiy yo'lda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yo'llar chorrahasidan oʻtish qoidasiga amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandiga muvofiq, chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek, ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.




