
Izoh: YHQ 15-bobi 99, 101-bandlariga asosan, svetoforning yashil ishorasida chapga burilayotgan yoki qayrilib olayotgan relssiz transport vositasining haydovchisi qarama- qarshi tomondan toʻgʻriga harakatlanayotgan va o'ngga burilayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Tramvay haydovchilari ham o'zaro ushbu qoidaga amal qilishlari kerak. Agar svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari tramvay va relssiz transport vositalariga bir vaqtda harakatlanishga ruxsat bersa, harakatlanish yoʻnalishidan qat'i nazar, tramvay oldin o'tish huquqiga ega boʻladi.