
Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining birinchi va ikkinchi xatboshlariga asosan: Yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak.