❓ YHQ Savoli

Relssiz transport vositalarining harakatlanishi uchun tasmalar soni qanday aniqlanadi?

Haydovchining o'zi tomonidan qatnov qismining kengligini, transport vositalarining o'lchamlarini va ular o'rtasidagi zarur yonlama oraliq masofani hisobga olib
«Tasmalar bo'yicha harakat yo'nalishi» yoki «Tasma bo'yicha harakatlanish yo'nalishi» yo'l belgilari bilan
Barcha sanab o'tilgan usullar bilan
Yo'l yotiq chiziqlari bilan

Izoh: YHQ 10-bobi 64-bandiga asosan: Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda o'zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama bo'lgan yo'l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko'tarilishdagi qo'shimcha tasmalar, yo'nalishli transport vositalarining to'xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan deb hisoblanadi.