Izoh: YHQ 12-bobi 82-bandiga asosan: Quvib o'tishni boshlashdan oldin haydovchi chapga burilishni bildiruvchi ishorasini yoqib: o'zi o'tmoqchi bo'lgan harakatlanish bo'lagi quvib o'tish uchun yetarlicha masofada bo'sh ekanligiga, quvib o'tish jarayonida harakatlanishga xavf tug'dirmasligiga va boshqa harakat qatnashchilariga xalaqit bermasligiga; shu tasmada orqada harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tishni boshlamaganligiga; oldinda harakatlanayotgan transport vositasi quvib o'tish, chapga burilish (qayta tizilish) ishorasini bermayotganligiga; quvib o'tishni tugallayotganda quvib o'tilayotgan transport vositasiga xalaqit bermasdan ilgari egallagan qatorga qaytib o'ta olishiga ishonch hosil qilishi shart.
❓ YHQ Savoli