
Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining beshinchi xatboshisiga asosan: 3.4. «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko'rsatilmagan bo'lsa) yoki toʻla vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.