44

Bilet 44

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Aholi punktidan tashqarida yuk avtomobil yukxonasida odamlarni tashishda qanday eng yuqori tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

40 km/s
70 km/s
80 km/s
60 km/sTo'g'ri
50 km/s

Izoh: YHQ 11-bobi 80-bandining birinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo'llarda: yukxonasida odam tashiyotgan yuk avtomobillariga tezlikni soatiga 60 kilometrdan oshirmasdan.

Bu savol haqida batafsil →
2

Bu belgiga ko'ra qaysi yuk avtomobili harakatni davom ettirishi mumkin?

Savol 2
Ruxsat etilgan to'la vazni 8 tonnadan ortiq bo'lmagan avtomobilTo'g'ri
8 tonna yuk ko'tarish quvvatiga ega bo'lgan bo'sh avtomobil
8 tonnagacha yuk ortgan avtomobil

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining beshinchi xatboshisiga asosan: 3.4. «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida ko'rsatilmagan bo'lsa) yoki toʻla vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq bo'lgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu yotiq chiziq nimani bildiradi?

Savol 3
Mol haydaladigan joyni
Piyodalar o'tish joyini
Velosiped yo'lkasi qatnov qismini kesib o'tadigan joyniTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimidagi 1.15 chizig'i yo'lning velosiped yo'lkasi kesib o'tgan joyini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Yuk avtomobil haydovchisiga avtomagistrallarda nima taqiqlangan?

Orqa bilan harakatlanishTo'g'ri
5.15 yoki 6.11 yo'l belgilari bilan belgilangan joyda to'xtash
Barcha sanab o'tilgan harakatlar
Mexanik transport vositalarini shatakka olish

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining beshinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: orqaga harakatlanish.

Bu savol haqida batafsil →
5

Yo'lovchilarni tushirish uchun bu belgi o'rnatilgan tasmada to'xtashga ruxsat etiladimi?

Savol 5
Taqiqlanadi
Ruxsat etiladi
Agar tasma qatnov qismining o'ng chetida joylashgan va u yotiq uzluksiz chizig'i bilan qatnov qismidan ajratilmagan bo'lsa ruxsat etiladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshlariga asosan: Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki o'ng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak?

Savol 6
Yuk tashuvchi avtomobil haydovchisiTo'g'ri
Avtobus haydovchisi

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandiga asosan: Yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarida, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan biron-bir to'siq boʻlsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Chorrahani kesib o'tish navbatini ko'rsating:

Savol 7
Qizil ayni vaqtda yashil bilan, ko'kTo'g'ri
Qizil, ko'k, yashil
Ko'k, qizil ayni vaqtda yashil bilan

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qayta tizilishda haydovchi boshqa transport vositalariga yo'l berishi kerakmi?

Kerak, agar transport vositasi qo'shni tasma bo'yicha yo'lakay harakat qilsaTo'g'ri
O'zaro qayta tizilishda barcha hollarda kerak
Kerak emas

Izoh: YHQ 9-bobi 55-bandiga asosan: Haydovchi qayta tizilishda harakatlanish yo'nalishini o'zgartirmasdan harakatlanayotgan yo'lakay transport vositalariga yo'l berishi kerak. Bir yo'nalishda harakatlanayotgan transport vositalari bir vaqtda qayta tizilayotganlarida haydovchi o'ng tomondagi transport vositasiga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

Tyagach haydovchisi nima qilishi kerak?

Savol 9
Qo'li bilan o'zini ro'para tasmadan quvib o'tishlari haqida ishora qilishi kerak
O'sha tezlik bilan harakatni davom ettirishi
To'xtab, orqasida to'plangan transport vositalarini o'tkazib yuborishiTo'g'ri

Izoh: YHQ 12-bobi 87-bandiga asosan: Aholi punktlaridan tashqaridagi yo'llarda sekin harakatlanadigan yoki katta hajmli transport vositasini quvib o'tish qiyin boʻlgan hollarda uning haydovchisi ushbu transport vositasini iloji boricha yo'lning oʻng tomoniga olishi, zarur boʻlganda esa orqasida toʻplanib qolgan transport vositalarini o'tkazib yuborish uchun to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
10

Mazkur taniqlik belgisi nimani bildiradi?

Savol 10
Oldinda shu yo'nalishda harakatlanish uchun uch tasmali yo'l qismini
Mexanik transport vositasida tishli turumlangan (shiplar) shinalar o'rnatilganiniTo'g'ri
Oldinda qatnovning notekis bo'lgan yo'l qismini

Izoh: YHQ 29-bobi 176-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: «Turumlangan» (tishli, shipli) — turumlangan shinali mexanik transport vositasining orqasiga tomonlari teng, ichiga qora rangda «T» harfi tushirilgan, qizil hoshiyali, oq rangdagi uchburchak shaklidagi belgi. Uchburchakning tomonlari transport vositasining turiga qarab 200 — 300 millimetrgacha, hoshiyaning kengligi uchburchak tomonining 1/10 qismiga teng bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →