
Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining oʻn to'rtinchi xatboshisiga asosan: 4.4. «Engil avtomobillar harakati». yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo'nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta'sir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak. YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 7.3.3. «Ta'sir yo'nalishlari». Chorraha oldida o'rnatilgan belgining ta'sir yoʻnalishini yoki bevosita yoʻl yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishini ko'rsatadi.