45

Bilet 45

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ro'paradan kelayotgan avtomobil haydovchisi qanday yo'l tutishi kerak?

Savol 1
Yo'l yoqasida to'xtashi
Yalt-yalt etuvchi chiroq mayoqchasi yoqilgan avtomobiliga xalaqit bermasdan harakatni davom ettirishiTo'g'ri

Izoh: YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Avtomobilning qaysi yo'nalishda harakatlanishiga ruxsat etiladi?

Savol 2
Barcha yo'nalishlardaTo'g'ri
Faqat to'g'riga
Chapga va o'ngga

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining oʻn to'rtinchi xatboshisiga asosan: 4.4. «Engil avtomobillar harakati». yengil avtomobillar, avtobus, mototsikllar, belgilangan yo'nalishli transport vositalari va ruxsat etilgan toʻla vazni 3,5 tonnadan oshmaydigan yuk avtomobillari harakatlanishiga ruxsat etilishini bildiradi. Belgining ta'sir oraligʻida yashovchi va ishlovchi fuqarolarga tegishli, ularga va korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga bu belgi tatbiq etilmaydi. Bunday hollarda transport vositalari belgilangan joyga eng yaqin chorrahadan kirib yoki chiqib ketishlari kerak. YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining oʻn birinchi xatboshisiga asosan: 7.3.3. «Ta'sir yo'nalishlari». Chorraha oldida o'rnatilgan belgining ta'sir yoʻnalishini yoki bevosita yoʻl yaqinida joylashgan manzillarga harakatlanish yoʻnalishini ko'rsatadi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu yo'l belgisi nimani bildiradi?

Savol 3
Yo'l (marshrut) raqamini ko'rsatadiTo'g'ri
«Kilometr belgisi» vazifasini bajaradi
Eng yaqin aholi yashaydigan joygacha bo'lgan masofani ko'rsatadi
DANning eng yaqin postigacha bo'lgan masofani ko'rsatadi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining qirq yettinchi xatboshisiga asosan: 5.29.1. «Yo'l raqami». 5.29.1 — yo'lga berilgan raqamini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Avtomagistralda ajratuvchi mintaqaning uzilishlariga kirishga ruxsat etiladimi?

Ruxsat etiladi
TaqiqlanadiTo'g'ri
Belgilangan yo'nalishdagi transport vositalariga ruxsat etiladi
Faqat orqaga burilish uchun ruxsat etiladi, to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillar bundan mustasno

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: ajratuvchi bo'lakning texnologik uzilish joylariga kirish va qayrilib olish.

Bu savol haqida batafsil →
5

Transport vositalari chorrahani quyidagi tartibda kesib o'tadilar:

Savol 5
Tramvay, qizil, yashil avtomobillar
Qizil avtomobil, tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil bilanTo'g'ri
Tramvay ayni vaqtda yashil avtomobil, qizil avtomobil

Izoh: YHQ 15-bobi 100-bandiga asosan: Svetoforning qizil yoki sariq ishorasi bilan bir vaqtda yongan qo'shimcha tarmoqning yo'ʻnaltirgichli yashil ishorasi yo'nalishida harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi boshqa yo'nalishlarda harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi transport vositasining haydovchisi yo'lda tezlashish bo'lagi bo'lganda unga chiqish qoidasini buzdi?

Savol 6
Har ikki haydovchi to'g'ri chiqdi
Ko'k avtomobil haydovchisi
Yashil avtomobil haydovchisiTo'g'ri
Har ikki haydovchi

Izoh: YHQ 9-bobi 61-bandiga asosan: Sekinlashish boʻlagi boʻlgan yo'llarda burilmoqchi boʻlayotgan haydovchi o'z vaqtida ushbu tasmaga qayta tizilishi va tezlikni faqat unda kamaytirishi kerak. Yo'lga chiqish joyida tezlashish boʻlagi boʻlsa, haydovchi unda harakatlanishi va qo'shni tasmada harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berib, transport oqimiga qo'shilishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Uch tasmali bo'lgan ikki tomonlama harakat tashkil qilingan yo'llarda ro'paradagi harakat uchun mo'ljallangan chetki chap tasmaga o'tishga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Barcha hollarda ruxsat etiladi
Quvib o'tish uchun ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 10-bobi 66-bandiga asosan: Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Haydovchi to'xtash oldidan ogohlantiruvchi ishora berishga qachon majbur?

Faqat shu holdaki, agar uning orqasidan boshqa transport vositasi harakat qilsa
Barcha hollardaTo'g'ri
Faqat aholi punktlarida

Izoh: YHQ 8-bobi 45-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to'xtashdan oldin tegishli yoʻnalishni koʻrsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi, ular boʻlmaganda yoki ishlamaganda qo'l bilan ishoralar berishi shart.

Bu savol haqida batafsil →
9

To'xtash qoidasini buzgan hamma haydovchilar qaysi javobda ko'rsatilgan?

Savol 9
Qizil avtomobil va mototsikl haydovchilari
Mototsikl haydovchisi
Ko'k avtomobil haydovchisi
Barcha transport vositalarining haydovchilariTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining o'ttiz birinchi xatboshisiga asosan: 3.27. «To'xtash taqiqlangan». Transport vositalarining to'xtashi va toʻxtab turishi taqiqlanishini bildiradi. YHQ 1-ilovasi 7-bo'limining toʻqqizinchi xatboshisiga asosan: 7.2.4 — haydovchilarga ularning 3.27 yo'l belgisi ta'sir doirasida ekanliklari haqida axborot beradi. Harakat ikki tomonlama bo'lgan va chiziqlar bilan belgilangan (1.9 yo'l chizig'i bilan belgilanganidan tashqari) uchta tasmali yo'llarda, ikki yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan o'rta qatorga faqat quvib o'tish, aylanib o'tish, chapga burilish va qayrilib olish uchungina chiqishga ruxsat etiladi. Qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan chetki chap qatorni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Agar transport vositasi ishchi tormozining samaradorligi qoidalar talabiga javob bermasa, u holda siz majbursiz:

Nosozlikni o'sha joyda bartaraf etishga, agar buning iloji bo'lmasa, zarur ehtiyoj choralariga rioya qilgan holda to'xtab turish yoki ta'mirlash joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali olib borishgaTo'g'ri
Belgilangan safarni davom ettirishga, bunda kunning yorug' vaqtida yaqinni yorituvchi fara chirog'ini yoqishga
Bundan keyingi harakatni to'xtatishga

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandiga asosan: Harakatlanish vaqtida ushbu Qoidalarga 3-ilovada ko'rsatilgan transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar yuzaga kelganda, haydovchi ularni bartaraf etishi, agar buning iloji bo'lmasa, zarur bo'lgan ehtiyot choralarini ko'rgan holda ta’mirlash yoki to'xtab turish joyiga evakuator yoki shatakka olish orqali transport vositasini olib borish choralarini ko'rishi mumkin.

Bu savol haqida batafsil →