❓ YHQ Savoli

Ko'k avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Savol 1 rasmi
Uchinchi bo'lib ayni vaqtda qizil bilan
Birinchi bo'lib ayni bir vaqtda qizil bilan
Ikkinchi bo'lib ayni vaqtda qizil bilan

Izoh: YHQ 6-bobi 25-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Ko'k yoki koʻk va qizil rangli yalt-yalt etuvchi chiroq-mayoqchasi yoqilgan transport vositalarining haydovchilari kechiktirib bo'lmaydigan xizmat vazifalarini bajarayotib, yo'l harakati xavfsizligini ta'minlash sharti bilan ushbu Qoidalarning 7 bob (38-bandidan tashqari), 9-16, 19-20 boblari, 1 va 2-ilovalari talablaridan chetga chiqishlari mumkin. YHQ 16-bobi 105-bandiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yoʻllar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart.