
Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining uchinchi va o'ttiz sakkizinchi xatboshlariga asosan: 3.2. «Harakatlanish taqiqlangan». Barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. 3.2 belgisi belgilangan zonada joylashgan korxonalarga xizmat ko'rsatuvchi transport vositalariga, shuningdek, belgilangan zonada yashaydigan yoki ishlaydigan fuqarolarga xizmat qiluvchi yoki ularga tegishli boʻlgan transport vositalariga ta'sir qilmaydi.