❓ YHQ Savoli

Harakatlanish taqiqlangan:

Savol 5 rasmi
Ko'k avtomobilga - chapga
Qizil avtomobilga to'g'riga va o'ngga
Ko'k avtomobilga - to'g'riga, qizil avtomobilga - to'g'riga va o'ngga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandiga asosan: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, rel’ssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi. Qo'lini yuqoriga ko'targanda: ushbu Qoidalarning 42-bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi; tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli bo'lgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin. Shuningdek, tartibga soluvchi o'z faoliyatini maxsus moslama (tumba) ustida turib olib borishi mumkin.