❓ YHQ Savoli

Yuk transport vositasining oʻlchamlaridan chiqib tursa, kunning qorong'i vaqtida va yetarli ko'rinmaydigan sharoitda qanday belgilanadi?

Oldi oq rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan
Orqasiga qizil, oldiga oq bayroqchalar bilan
Ishora taxtachalari yoki bayroqchalar (diagonal bo'yicha navbatma-navbat tortilgan qizil va oq yo'lli) bilan

Izoh: YHQ 27-bobi 163-bandiga asosan: Transport vositasining gabaritlaridan old yoki orqa tomonga bir metrdan, yon tomonga gabarit chiroqlarining chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o'lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, qorong'i vaqtda va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha ravishda old oq chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.