❓ YHQ Savoli

Qaysi avtomobil haydovchisiga to'xtashga ruxsat etilgan?

Savol 6 rasmi
Yengil avtomobilning haydovchisiga
Yuk avtomobilning haydovchisiga, agar bir yoʻnalishda harakatlanish uchun uchta va undan ko'p tasma bo'lsa
Yuk avtomobilning haydovchisiga
Har ikki haydovchiga

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida; ko'prik, yo'l o'tkazgich va estkadalarning ostida (tegishli yo'l belgilari bilan to'xtab turish ruxsat berilgan yo'l qismlari bundan mustasno).