❓ YHQ Savoli

Quvib o'tish nima?

Egallagan harakatlanish bo'lagidan chiqib oldinda ketayotgan transport vositasidan o'zib ketish.
Bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, so'ngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bog'liq bo'lgan o'zib ketish.
Kam tezlik bilan qo'shni qatorda harakatlanayotgan bir yoki bir qancha transport vositalaridan o'zib ketish.

Izoh: YHQ 1-ilova 1-bob. Umumiy qoidalar: Quvib oʻtish — bir yoki bir nechta transport vositalarini qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan tasmaga chiqib, soʻngra ilgari egallagan qatoriga qaytib o'tish bilan bogʻliq bo'lgan o'zib ketish.