❓ YHQ Savoli

Tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasini shatakka olish mumkinmi?

Faqat unga qisman ortish usuli bilan
Agar shatakka olingan transport vositasida haydovchi bo'lsa har qanday usul bilan
Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinuvchi transport vaznidan ikki barobar ortiq boʻlsa, qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan
Faqat qattiq ulagichda

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini Faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi).