59

Bilet 59

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

«Yetarli ko'rinmaslik» deganda nima tushuniladi?

Oqshomdan tonggacha bo'lgan vaqt
Ko'rinish 150 metrdan kam bo'lgan holat
Tuman tushganda, yomg'ir, qor yog'ayotganda va hokazo sharoitlarda, shuningdek, kunning g'ira shira vaqtida yo'lning ko'rinishi 300 metrdan kam bo'lishiTo'g'ri
Yomg'ir, qor yog'ishi, oqshom

Izoh: YHQ 1-bobi 6-bandining o'n to'qqizinchi xatboshisiga asosan: yetarlicha ko'rinmaslik — yomgʻir, qor уод 7561, tuman tushishi va shunga oʻxshash sharoitlarda, shuningdek kunning g'ira-shira vaqtida yoʻlning koʻrinish masofasi 300 metrdan kam bo'lishi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Yo'naltirgichlar bilan belgilangan yo'nalishlarning qaysi biridan harakatlanishga ruxsat etiladi?

Savol 2
«А» va «Б»
«А» va «В»To'g'ri
«Б» va «В»

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-boʻlimining qirq ikkinchi xatboshisiga asosan: 3.18.1 belgisi qatnov qismlarining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga tatbiq etiladi. Izoh: 3.18.1 belgisi qayrilib olishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Sariq uzuq-uzuq yotiq chiziq qaysi yo'l belgisi bilan qo'llanilishi mumkin?

Savol 3
«To'xtab turish taqiqlangan»To'g'ri
«Oyning toq sonli kunlarida to'xtab turish taqiqlangan»
«To'xtash taqiqlangan»

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-boʻlimining oʻn ikkinchi xatboshisiga asosan: 1.10 — toʻxtab turish taqiqlangan joyni bildiradi; yakka holda yoki 3.28 yo'l belgisi bilan qo'llaniladi va yo'lning qatnov qismi chetiga yoki yo'l chetidagi toʻsiq ustidan chiziladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Kesishma orqali harakatlanish hollarida haydovchi «To'xtash chizig'i», 2.5 «To'xtamasdan harakatlanish taqiqlangan» yo'l belgisi yoki svetofor bo'lmaganda, o'tib ketayotgan poyezdni o'tkazib yuborishga qoida bo'yicha shlagbaumgacha kamida qancha masofa qolganda to'xtash kerak?

10 m
5 mTo'g'ri
20 m
15 m
1 m

Izoh: YHQ 18-bobi 119-bandiga asosan: Kesishma orqali harakatlanish taqiqlangan hollarda haydovchi to'xtash chizig'i, 2.5 yo'l belgisi yoki svetofor oldida, ular bo'lmaganda shlagbaumga kamida 5 metr, shlagbaum boʻlmaganda esa birinchi temir yo'l iziga kamida 10 metr qolganda to'xtashi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Svetoforning ushbu ishorasida qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat etilgan?

Savol 5
Barcha transport vositalariga
Mototsiklga, yengil avtomobil va yuk avtomobiliga
Yengil va yuk avtomobillarigaTo'g'ri
Tramvayga va mototsiklga

Izoh: YHQ 7-bobi 32-bandiga asosan: Yo'naltirgich ko'rinishidagi qizil, sariq va yashil rangli svetofor ishoralari ham doira shaklidagi svetofor ishoralari bilan bir xil ma'noga ega bo'ladi. Ular faqat ko'rsatilgan yoʻnalishga ta'sir etadi. Agar tegishli yo'l belgisi bilan qayrilib olish taqiqlanmagan boʻlsa, chapga burilishga ruxsat beruvchi yo'naltirgich qayrilib olishga ham ruxsat beradi. Qo'shimcha tarmoqdagi yashil yo'naltirgich ham xuddi shu ma'noni bildiradi. Qo'shimcha tarmoqdagi ishora oʻchirilgan boʻlsa, shu tarmoq tartibga solayotgan yo'nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Og'ir vaznli va katta o'lchamli yuklarni tashiyotgan transport vositalarining aholi punktlaridan tashqarida qanday tezlik bilan harakatlanishiga ruxsat etiladi?

60 km/soatdan oshirmasdan
Tashish shartlari bilan kelishilganda Davlat YHX xizmati ruxsat etganidan oshirmasdanTo'g'ri
40 km/soatdan oshirmasdan

Izoh: YHQ 11-bobi 80-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, har qanday yo'llarda: xavfli, ogʻir vaznli va katta oʻlchamli yuklarni tashiyotgan, tashkiliy jamlanmada harakatlanayotgan transport vositalariga DYHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Mexanik transport vositasi shatakka olinganda egiluvchan ulagich qanday belgilanishi kerak?

Diagonali bo'yicha qizil va oq rangli chiziqlar tushirilgan, yorug'lik qaytaradigan yuzali, bayroqchalar yoki taxtachalar bilan.To'g'ri
Transport vositasi orqasiga mustahkamlangan avariya sababli toʻxtash belgisi bilan belgilanishi kerak
Transport vositasi oldi tomoni oq rangli, orqasi qizil rangli fonarlar bilan belgilanishi kerak

Izoh: YHQ 24-bobi 144-bandiga asosan: Egiluvchan ulagich bilan shatakka olishda shatakka olgan va shatakka olingan transport vositalari o'rtasidagi masofa 4 — 6 metr oralig'ida bo'lishi, qattiq ulagich bilan shatakka olishda esa 4 metrdan ko'p bo'lmasligi kerak. YHQning 177-bandida ko'rsatilganidek, oq va qizil rangdagi chiziqli bayroqcha yoki taxtakach bilan belgilanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qayerda transport vositalarining to'xtashi va to'xtab turishi taqiqlanadi?

Transport vositalari va piyodalarning harakati serqatnov joylarda
Bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustidaTo'g'ri
Qatnov qismlari kesishmasi chetida 30 metrdan ko'proq, masofa qolganda

Izoh: YHQ 13-bobi 91-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, quyidagi joy va holatlarda to'xtash taqiqlanadi: bir yo'nalishda harakatlanish uchun uchtadan kam tasmaga ega bo'lgan ko'prik, yo'l o'tkazgich va estakadalarning ustida;

Bu savol haqida batafsil →
9

Tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasini shatakka olish mumkinmi?

Faqat unga qisman ortish usuli bilan
Agar shatakka olingan transport vositasida haydovchi bo'lsa har qanday usul bilan
Agar shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olinuvchi transport vaznidan ikki barobar ortiq boʻlsa, qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilanTo'g'ri
Faqat qattiq ulagichda

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam boʻlgan bunday transport vositasini Faqat qattiq ulagich yordamida yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi).

Bu savol haqida batafsil →
10

Mexanik transport vositalaridan foydalanish qanday shartlarda taqiqlanadi?

Davlat davriy texnik ko'rigidan belgilangan tartibda o'tmagandaTo'g'ri
Uzatma qutisida shovqin bo'lganda
Yurgizgich ishida nuqson bo'lganda

Izoh: YHQ 29-bobi 179-bandining uchinchi xatboshisiga asosan, quyidagi hollarda transport vositalaridan foydalanish taqiqlanadi: transport vositalari belgilangan tartibda davlat texnik ko'rigidan o'tmagan bo'lsa.

Bu savol haqida batafsil →