❓ YHQ Savoli

Avtomagistralda shatakka olishga ruxsat etiladimi?

Taqiqlanadi
Egiluvchan tirkagich bilan ruxsat etiladi
50 km/s tezlik bilan ruxsat etilgan
Istalgan usulda ruxsat etilgan
Faqat qisman ortish usuli bilan yoki qattiq ulagich bilan ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 24-bobi 145-bandi: Shatakka olish quyidagi holatlarda taqiqlanadi: rul boshqaruvi ishlamayotgan transport vositalarini (qisman ortish usuli bilan shatakka olish bundan mustasno); ikki va undan ko'p transport vositalarini; shatakka olingan va shatakka olgan transport vositalarining ulagich bilan birga umumiy uzunligi 20 metrdan ortiq bo'lsa; ishchi tormoz tizimi ishlamayotgan transport vositasining haqiqiy vazni shatakka olgan transport vositasining haqiqiy vaznining yarmidan ortiq bo'lsa (haqiqiy vazni kam bo'lgan bunday transport vositasini faqat qattiq ulagich bilan yoki qisman ortish usuli bilan shatakka olishga yo'l qo'yiladi); ikki g'ildirakli mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalari bilan, shuningdek, bunday mototsikl, elektromototsikl, moped, skuter va individual harakatlanish vositalarini; yo'l yaxmalak, sirpanchiq bo'lgan hollarda egiluvchan ulagichda.