
Izoh: YHQ 15-bobi 102-bandiga asosan: Svetoforning ruxsat etuvchi ishorasida chorrahaga kirgan haydovchi, undan chiqishdagi svetofor ishorasidan qat'i nazar, belgilangan yo'nalishda harakatini davom ettirishi kerak. Biroq chorrahada haydovchining harakatlanayotgan yo'lida joylashgan svetoforlar oldida to'xtash chiziqlari (yoki 5.33 yoʻl belgisi) bo'lsa, u har bir svetofor ishorasiga amal qilishi shart.