❓ YHQ Savoli

Sanab o'tilgan hollarning qay birida qatnov qismining o'ng chetidan yoki yo'lning o'ng yoqasidan qayrilib olishga ruxsat etiladi?

Tartibga solingan chorrahalarda
Tartibga solinmaydigan chorrahalarda, agar qayrilib olishni amalga oshirayotgan transport vositasi asosiy yo'lda bo'lsa
Chorrahalardan tashqarida, agar qatnov qismining kengligi chetki chap holatdan qayrilib olish uchun yetarli bo'lmasa

Izoh: YHQ 9-bobi 59-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Chorrahadan tashqarida qayrilib olishda, agar qatnov qismining kengligi manyovrni chetki chap holatdan bajarish uchun yetarli bo'lmasa, uni qatnov qismining o'ng chetidan (o'ng yo'l yoqasidan) amalga oshirishga yo'l qo'yiladi. Bu holda haydovchi shu yo'nalishdagi va qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositalariga yo'l berishi shart.