
Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.