65

Bilet 65

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Ko'k avtomobil chorrahani nechanchi bo'lib kesib o'tadi?

Savol 1
Ikkinchi bo'lib
Birinchi bo'lib
Uchinchi bo'lib
To'rtinchi bo'libTo'g'ri
Oxirgi bo'lib

Izoh: YHQ 6-bobi 26-bandiga asosan: Haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning ko'k yoki qizil yoxud ko'k va qizil rangli yalt-yalt etuvchi mayoqchalar va maxsus tovushli ishorasi yoqilgan holda yaqinlashayotgan transport vositalariga, shuningdek ularning kuzatuvidagi, yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilgan transport vositasi (transport vositalari)ga yo'l berishlari shart. Mazkur turdagi transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi. YHQ 16-bobi 104-bandiga asosan: Teng ahamiyatga еда boʻlmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yo'lda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat'i nazar, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega. YHQ 16-bobi 107-bandiga asosan: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib oʻtayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham oʻzaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

Qaysi belgi «Bir tomonlama harakatli yo'lining oxiri» deb ataladi?

Savol 2
1
2
5
4To'g'ri
3

Izoh: YHQ 1-ilovasi 5-bo'limining oltinchi xatboshisiga asosan: 5.6. «Bir tomonlama harakatli yoʻlning oxiri».

Bu savol haqida batafsil →
3

Bu yo'l belgisi nimani bildiradi?

Savol 3
40 km/soatdan kam tezlikda harakatlanayotgan yakka, yon kajavasi bo'lmagan ikki g'ildirakli mototsikllar va velosipedlardan tashqari barcha mexanik transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi
Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanadi, soatiga 40 kilometrdan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasnoTo'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovasi 3-bo'limining yigirma oltinchi xatboshisiga asosan: 3.22. «Yuk avtomobillarida quvib o'tish taqiqlangan». Toʻla vazni 3,5 tonnadan ortiq bo'lgan yuk avtomobillarida barcha transport vositalarini quvib o'tish taqiqlanishini bildiradi. (soatiga 40 km dan kam tezlikda harakatlanayotgan transport vositasi, traktor, ot-arava, velosiped bundan mustasno).

Bu savol haqida batafsil →
4

Chorrahani ikkinchi bo'lib kim kesib o'tadi?

Savol 4
Ko'k avtomobil
Yashil avtomobilTo'g'ri
Qizil avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandining birinchi xatboshisiga asosan: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada, ikkinchi darajali yoʻlda harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yoʻldan yaqinlashayotgan transport vositalariga, ularning keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, yoʻl berishi kerak. YHQ 16-bobi 106-bandiga asosan: Asosiy yo'lning yo'nalishi chorrahada o'zgarganda asosiy yoʻlda harakatlanayotgan haydovchilar o'zaro teng ahamiyatli yoʻllar chorrahasidan o'tish qoidasiga amal qilishlari kerak. Ikkinchi darajali yoʻllarda harakatlanayotgan haydovchilar ham oʻzaro shu qoidaga amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Ushbu chorrahada chapga burilishga ruxsat etiladimi?

Savol 5
Ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 1-ilovasi 4-bo'limining birinchi va sakkizinchi xatboshlariga asosan: 4.1.1. «Harakatlanish to'g'riga». 4.1.1 yoʻl belgisi qatnov qismining qaysi kesishmasi oldiga o'rnatilsa, shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida o'rnatilgan 4.1.1 belgisining ta’siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi o'ng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Transport vositalarining tezligi texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra 40 km/soatdan kam bo'lganda avtomagistral bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?

TaqiqlanadiTo'g'ri
Ikkinchi tasmadan nariga o'tmaganda ruxsat etiladi
Agar «Eng kam tezlik» belgisi o'rnatilmagan bo'lsa ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining birinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar avtomobillar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Bu joyda avtobusni quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 7
Ruxsat etiladiTo'g'ri
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandining to'rtinchi xatboshisiga asosan, quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda.

Bu savol haqida batafsil →
8

Avariya ishoralari yoqilishi kerak:

Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda
Sanab o'tilgan barcha hollardaTo'g'ri
Shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida)
To'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtaganda

Izoh: YHQ 8-bobi 50-bandiga asosan: Burilishni ko'rsatuvchi barcha yorug'lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi. Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtaganda; fara chiroqlari yorug'ligi haydovchining ko'zini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida); “Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega bo'lgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda. Oldingi tahrirga qarang. Transport vositasi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan boshqa hollarda ham haydovchi yo'l harakati ishtirokchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
9

«Reaksiya vaqti» tushunchasi nimani bildiradi?

Haydovchi xavfni ko'rgan paytdan aniq harakatlarni boshlaguncha o'tilgan vaqtTo'g'ri
Haydovchining tormoz berishni boshlagan paytdan transport vositasining to'la to'xtagunicha bo'lgan vaqtni

Izoh: Haydovchining reaksiya vaqti xavf-xatar ko'ringan paytdan to xavf-xatarni bartaraf qilish chorasi ko'rilgunga qadar vaqti tushuniladi. Haydovchining ahvoli va tajribasiga hamda haydovchi sharoitining og'irligiga bog'liq bo'lgan holda Би 0,5 dan 1,5 soniyagacha bo'lgan vaqtni tashkil qiladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

N2; N3; 03; 04 ; M2; M3 toifadagi avtotransport vositalarining (mikroavtobuslardan tashqari)orqa devorida yozilishi kerak:

Taniqlik va raqam belgilari
Transport vositasining tegishliligi haqida taniqlik belgisi
Davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerakTo'g'ri

Izoh: YHQ 29-bobi 175-bandining ikkinchi xatboshisiga asosan: Yuk avtomobillari, tirkamalar (yengil avtomobillar tirkamalaridan tashqari) va avtobuslar (mikroavtobuslardan tashqari) kuzovining orqa devoriga uning davlat raqam belgisi va harflari yozilishi kerak. Raqamning balandligi 300 millimetr, kengligi 120 millimetr, chizig'ining yo'g'onligi 30 millimetrdan kam bo'lmasligi, harflar balandligi esa raqam o'lchamlarining 2/3 qismiga teng bo'lishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →