❓ YHQ Savoli

Transport vositalarining tezligi texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra 40 km/soatdan kam bo'lganda avtomagistral bo'ylab harakatlanishga ruxsat etiladimi?

Taqiqlanadi
Ikkinchi tasmadan nariga o'tmaganda ruxsat etiladi
Agar «Eng kam tezlik» belgisi o'rnatilmagan bo'lsa ruxsat etiladi

Izoh: YHQ 19-bobi 121-bandining birinchi xatboshisiga asosan, avtomagistrallarda quyidagilar taqiqlanadi: piyodalar, uy hayvonlari, ot-aravalar, velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, skuterlar, mopedlar, traktorlar va o'zi yurar avtomobillar, texnik tavsifnomasiga yoki holatiga ko'ra tezligi soatiga 40 kilometrdan kam bo'lgan transport vositalarining harakatlanishi.