❓ YHQ Savoli

Avariya ishoralari yoqilishi kerak:

Yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda
Sanab o'tilgan barcha hollarda
Shatakka olishda (shatakka olingan transport vositasida)
To'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtaganda

Izoh: YHQ 8-bobi 50-bandiga asosan: Burilishni ko'rsatuvchi barcha yorug'lik ishoralarining bir vaqtda miltillashi avariya (xavf-xatar) ishorasi hisoblanadi. Avariya ishorasi quyidagi hollarda yoqilishi kerak: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda majburiy to'xtaganda; fara chiroqlari yorug'ligi haydovchining ko'zini qamashtirganda; shatakka olishda (shatakka olingan mexanik transport vositasida); “Bolalarni tashish” taniqlik belgilariga ega bo'lgan transport vositasiga bolalar chiqayotganda va undan tushayotganda. Oldingi tahrirga qarang. Transport vositasi xavf tug'dirishi mumkin bo'lgan boshqa hollarda ham haydovchi yo'l harakati ishtirokchilarini ogohlantirish maqsadida avariya ishorasini yoqishi kerak.