❓ YHQ Savoli

Qanday hollarda quvib o'tish taqiqlanadi?

Quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini
Tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida
Temir yo'l kesishmalarida
Sanab o'tilgan barcha hollarda

Izoh: YHQ 12-bobi 86-bandiga asosan: Quvib o'tish quyidagi hollarda taqiqlanadi: tartibga solingan chorrahalarda; tartibga solinmaydigan chorrahalarda asosiy hisoblanmaydigan yo'llarda harakatlanishda; ko'priklarda, yo'l o'tkazgichlarda, estakadalarda va ularning ostida; piyodalar o'tish joylarida; temir yo'l kesishmalarida va ulargacha 100 metrdan kam masofa qolganda; quvib yoki aylanib o'tayotgan transport vositalarini; tepalikning oxirida va yo'lning ko'rinishi cheklangan joylarida; 3.20 va 3.22 yo'l belgilari ta’sir oralig'ida.