❓ YHQ Savoli

Yo'lning ushbu qismida quvib o'tishga ruxsat etiladimi?

Savol 7 rasmi
Ruxsat etiladi
Taqiqlanadi

Izoh: YHQ 2-ilovasi 1-bo'limining oʻn birinchi, o'ttiz oltinchi va oʻttiz yettinchi xatboshlariga asosan: 1.9 — reversiv harakat tashkil etilgan bo'laklarning chegarasini belgilaydi; reversiv harakatlanish amalga oshirilgan yo'llarda (reversiv svetofori o'chirilgan holatda) qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimini ajratadi; Reversiv svetofor yoqilgan paytda bir yo'nalishli tasmalarni ajratayotgan 1.9 chizig'ini istalgan tomondan bosib o'tishga ruxsat etiladi. Reversiv svetofor o'chirilganda, haydovchilar darhol 1.9 chizig'idan o'ngga qayta tizilishlari kerak. Reversiv svetofor o'chirilgan bo'lsa, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport oqimlarini ajratuvchi 1.9 chizig'ini bosib o'tish taqiqlanadi.