❓ YHQ Savoli

Mazkur svetofor quyidagi transport vositalari harakatini tartibga solish uchun qo'llaniladi:

Savol 5 rasmi
Tramvaylarga va avtobuslarga
Tramvaylarga, shuningdek, alohida tasmadan harakatlanadigan belgilangan yo'nalishdagi boshqa transport vositalarini harakatini tartibga soladi
Faqat tramvaylarga

Izoh: YHQ 7-bobi 36-bandiga asosan: Tramvaylarning hamda maxsus ajratilgan tasma boʻylab harakatlanayotgan yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishini tartibga solish uchun «T» — harfi ko'rinishida joylashgan to'rtta doirasimon oq rang ishorali svetoforlar qo'llanilishi mumkin. Yuqoridagi bir yoki bir nechta va pastki ishora bir vaqtning o'zida yonganda, harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o'ngdagisi oʻng tomonga burilishga, o'rtadagisi to'g'riga yurishga ruxsat beradi. Pastdagi ishora o'chirilib, yuqoridagi uchta ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi.