❓ YHQ Savoli

Ushbu yo'l belgisi qo'shimcha axborot belgisi bilan nimani bildiradi?

Savol 3 rasmi
Transport vositalarining to'xtab turish joyiga avtomobilni ko'rsatilgan usulda qo'yish taqiqlanadi
Ruxsat etilgan to'la vazni 3,5 tonnadan ortiq transport vositalarining to'xtab turish joyi koʻrsatkich qatnov qismining chetida baland to'siq, toshi borligini bildiradi
Yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usuli

Izoh: YHQ 1-ilovasi 13-bob. To'xtash va toʻxtab turish: Qatnov qismiga chegaradosh trotuar chetida faqat yengil avtomobillar, mototsikllar, elektromototsikllar, mopedlar, skuterlar, velosipedlar va individual harakatlanish vositalariga to'xtab turishga 5.15 yo'l belgisi bilan birga 7.6.2, 7.6.3, 7.6.6 — 7.6.9 qo'shimcha axborot belgilaridan biri o'rnatilgan joylarda ruxsat etiladi. 7.6.1 — 7.6.9. “Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli”. 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.