❓ YHQ Savoli

Agar transport vositasi o'lchamlari kattaligidan yoki boshqa sabablarga ko'ra chetki holatda burilishni bajara olmagan bo'lsa, bu qoidadan chetga chiqqan holda burilishga yo'l qo'yiladimi?

Yo'l qo'yiladi, agar bu boshqa transport vositalariga xalaqit bermasa, harakat xavfsizligini ta'minlab, talablardan chetga chiqishi mumkin
Yo'l qo'yilmaydi
Aholi punktidan tashqaridagi yo'llarda yo'l qo'yiladi
Yo'l qo'yiladi, lekin faqat chorrahada emas

Izoh: YHQ 9-bobi 58-bandiga asosan: Agar transport vositasi o'zining gabaritlari (eng katta tashqi oʻlchamlari) yoki boshqa sabablarga ko'ra (eng chekka tasmalardagi tirbandliklar bundan mustasno) Qoidalarning 56-bandi talablariga muvofiq burilishni bajara olmasa, harakat xavfsizligini ta'minlagan holda, boshqa transport vositalariga xalaqit bermasdan, talablardan chetga chiqishiga yoʻl qo'yiladi. 56. Aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalarga kirish uchun burilishdan boshqa barcha hollarda, haydovchi oʻngga, chapga burilishi yoki qayrilib olishdan oldinroq shu yo'nalishda harakatlanishi uchun mo'ljallangan qatnov qismining eng chetki holatni egallashi shart.