Izoh: YHQ 3-bobi 13-bandi: Yoʻl-transport hodisasi sodir bo'lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini Qoidalarning 51-bandi talablariga muvofiq o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi; YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi toʻsatdan toʻxtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻxtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.
❓ YHQ Savoli