75

Bilet 75

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Siz yengil avtomobildan qaysi jihozlar mavjud bo'lmaganda foydalanishingiz mumkin?

Tibbiy quticha
O't o'chirgich
G'ildirab ketishga qarshi moslamaTo'g'ri
Avariya sababli to'xtash belgisi

Izoh: YHQ 3 ilova Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar: 7.10. Transport vositalari quyidagilar bilan jihozlanmagan bo'lsa: M2, МЗ toifadagi — favqulodda holatlarda oynani sindirish uchun foydalaniladigan bolg'acha, tibbiyot qutichasi, 2 ta oʻt o'chirgich (bittasi haydovchining kabinasida, ikkinchisi — yo'lovchilar salonida), majburiy toʻxtaganini bildiruvchi belgi (yoki miltillovchi qizil chiroq) va nur qaytargichli kamzul (jilet).

Bu savol haqida batafsil →
2

Quvib o'tishda burilish ko'rsatkichi bilan beriladigan ogohlantiruvchi ishoralarni, haydovchi qachon o'chirishi kerak?

O'z ixtiyoringizga ko'ra
Manyovrni tugallagach, darholTo'g'ri
Quvib o'tilayotgan transport vositasidan o'zib ketgandan so'ng istalgan vaqtda

Izoh: YHQ 8-bobi 46-bandi: Burilish ko'rsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to'xtatilishi kerak (qo'l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Beriladigan ishoralar yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak. Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko'rish mas'uliyatidan ozod etmaydi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi yo'l belgisi chapga burilishni taqiqlaydi?

Savol 3
«A» va «Г»To'g'ri
«A» va «Б»
Barchasi
Faqat «A»

Izoh: YHQ 1 ilova: 5.10.2, 5.10.3. «Yo'nalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'lga chiqish».

Bu savol haqida batafsil →
4

Piyodalar turar joy dahasida qayerda harakatlanishlari mumkin?

Faqat qatnov qismida
Trotuarda, hamda qatnov qismidaTo'g'ri
Faqat trotuarda

Izoh: YHQ 20-bobi 123-bandi: Turar joy dahalari (kirish va chiqish 5.38 va 5.39 yo'l belgilari bilan belgilangan hududlar)da piyodalarga trotuarlar hamda qatnov qismida harakatlanishga ruxsat etiladi. Bunda piyodalar imtiyozga ega bo'ladilar, biroq ular transport vositalarining harakatlanishiga asossiz xalaqit bermasliklari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi transport vositasining haydovchisi qoidani buzib burilmoqda?

Savol 5
Ikkisi ham buzmoqdaTo'g'ri
Faqat yengil avtomobil haydovchisi
Faqat mototsikl haydovchisi

Izoh: YHQ 1 ilova: 4.1.1. «Harakatlanish to'g'riga». 4.1.1 — 4.1.6 belgilarining ta'siri yo'nalishli transport vositalariga joriy qilinmaydi. 4.1.1 — 4.1.6 yo'l belgilari qatnov qismlarining qaysi kesishmasidan oldin o'rnatilsa, belgining ta'siri shu kesishmaga joriy qilinadi. Yo'lning qismi boshlanishida oʻrnatilgan 4.1.1 belgisining ta'siri yaqin chorrahagacha joriy qilinadi. Belgi oʻng tomonda joylashgan hovlilarga va yo'lga yondosh boshqa hududlarga burilishni taqiqlamaydi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Kunning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

Yo'lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo'nalishli transport vositalarida
Xavfli, katta o'lchamli va og'ir vaznli yuklarni tashishda
Barcha sanab o'tilgan hollardaTo'g'ri
Mototsikl va mopedlarda

Izoh: YHQ 23-bobi 138-bandi: Sutkaning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yo'lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo'nalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta o'lchamli va og'ir vaznli yuklarni tashishda; mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) sharoitida; mototsikl, elektromototsikl, skuter va mopedlarda.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ushbu yo'lda sizga yo'l belgisidan keyin qaysi tasmalarda harakatlanishga ruxsat beriladi?

Savol 7
Faqat chap tasmadan
Istalgan tasmadan
O'ng tasmadanTo'g'ri

Izoh: YHQ 10-bobi 67-bandi: Aholi punktlaridan tashqaridagi yoʻllarda hamda aholi punktlarida ayrim turdagi transport vositalari uchun ushbu Qoidalarda belgilangandan yuqori tezlikda harakatlanish ruxsat etilgan yoʻl qismlarida haydovchilar transport vositalarini mumkin qadar qatnov qismining oʻng chetiga yaqinroq olib harakatlanishlari kerak. O'ng tasmalar boʻsh bo'lganda chap tasmalarni egallash taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Qanday alomatlar charchash belgilari hisoblanadi?

Bosh aylanishi, ko'zlarga qum kirgan kabi achishish, terlash alomati
Zo'riqish, asabiylashish
Uyquchanlik, bo'shashish, diqqatning susayishiTo'g'ri

Izoh: YHQ 2-bobi 12-bandi: Haydovchiga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasini spirtli ichimliklar, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop yoxud kuchli ta'sir qiluvchi moddalar ta'sirida yoki o'zgacha tarzda mast holatda, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yo'l harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boshqarish; har qanday mastlik holatida, sezgirlik va e'tiborni susaytiradigan dori-darmonlar ta'sirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betoblik holatida boʻlgan, shuningdek, tegishli toifadagi transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasi boʻlmagan, yoʻl varaqasida yoki transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisida ism-familiyasi ko'rsatilmagan (transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish boʻyicha shartnoma ushbu transport vositasidan cheklanmagan shaxslarning foydalanilishini hisobga olgan holda tuzilgan hollardan tashqari) shaxslarga transport vositasini boshqarish uchun topshirish.

Bu savol haqida batafsil →
9

Chorrahadagi uzuq-uzuq chiziqlar nimani bildiradi?

Savol 9
Majburiy harakatlanish
Chorrahada harakatlanish bo'lagini chegarasiniTo'g'ri

Izoh: YHQ 2 ilova: 1.7 (har bir chizigʻi qisqa va oralari shu chiziqlar bo'yiga teng bo'lgan uzuq-uzuq chiziq) — chorrahadagi harakatlanish tasmalarini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Yo'l transport hodisasiga daxldor haydovchilar birinchi navbatda nima qilishlari kerak?

Yo'lning harakat qismini bo'shatishlari kerak
Transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli to'xtash belgisini o'rnatishiTo'g'ri
Sodir etilgan hodisa xaqida YHXXga xabar berishi kerak

Izoh: YHQ 3-bobi 13-bandi: Yoʻl-transport hodisasi sodir bo'lganda unga daxldor haydovchilar quyidagilarni bajarishlari shart: transport vositasini darhol to'xtatishi, avariya ishoralarini yoqishi va avariya sababli toʻxtash belgisini Qoidalarning 51-bandi talablariga muvofiq o'rnatishi, transport vositasini va hodisaga daxldor buyumlarni joyidan qo'zg'atmasligi; YHQ 8-bobi 51-bandi: Transport vositasi toʻsatdan toʻxtab qolganda, zudlik bilan avariya yorug'lik ishorasini yoqish, agar u ishlamasa, avariya sababli toʻxtash belgisini darhol o'rnatish kerak. Avariya sababli to'xtash belgisi quyidagi hollarda qo'llaniladi: yo'l-transport hodisasi sodir bo'lganda; to'xtash taqiqlangan joylarda va ko'rinishi cheklangan joylarda majburiy to'xtaganda; Ushbu belgi boshqa haydovchilarni xavfli vaziyat haqida oʻz vaqtida ogohlantirish imkonini beradigan masofada o'rnatilishi kerak. Bu masofa aholi punktlarida transport vositasidan 15 metr, aholi punktlaridan tashqaridagi joylarda esa 30 metrdan kam bo'lmasligi kerak.

Bu savol haqida batafsil →