Izoh: YHQ 8-bobi 46-bandi: Burilish ko'rsatkichi yoki qoʻl bilan berilayotgan ishora manyovrni bajarishdan oldinroq berilishi va uni tugallagach, darhol to'xtatilishi kerak (qo'l bilan berilayotgan ishorani manyovrni bevosita bajarishdan oldin tugallash mumkin). Beriladigan ishoralar yoʻl harakatining boshqa qatnashchilarini chalg'itmasligi kerak. Ogohlantiruvchi ishora berish haydovchiga oldin oʻtish huquqini bermaydi va uni zaruriy ehtiyot choralarini ko'rish mas'uliyatidan ozod etmaydi.
❓ YHQ Savoli