❓ YHQ Savoli

Kunning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak:

Yo'lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo'nalishli transport vositalarida
Xavfli, katta o'lchamli va og'ir vaznli yuklarni tashishda
Barcha sanab o'tilgan hollarda
Mototsikl va mopedlarda

Izoh: YHQ 23-bobi 138-bandi: Sutkaning yorug' vaqtida quyidagi hollarda yaqinni yorituvchi fara chiroqlari yoqilishi kerak: transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda; yo'lovchilarni tashiyotgan avtobuslar va yo'nalishli transport vositalarida; bolalar guruhini tashkiliy tashishda; xavfli, katta o'lchamli va og'ir vaznli yuklarni tashishda; mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida); kuchli yog'ingarchilik (yomg'ir, qor) sharoitida; mototsikl, elektromototsikl, skuter va mopedlarda.