❓ YHQ Savoli

Kunning qorong'i vaqtida aholi punktlarida yo'lning yoritilgan qismida Siz qanday tashqi yoritish chiroqlaridan foydalanishingiz kerak?

Yaqinni yoki uzoqni yorituvchi chiroqlardan
Yaqinni yorituvchi chiroqlardan
Gabarit chiroqlardan

Izoh: YHQ 23-bobi 135-bandi: Quyidagi hollarda uzoqni yorituvchi chiroqlar o'rniga yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak: yo'l yoritilgan bo'lsa; qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasiga kamida 150 metr masofa qolganda, shuningdek, qarama-qarshi yo'nalishdagi transport vositasining haydovchisi fara chiroqlarini vaqti-vaqti bilan oʻchirib-yoqib bunga zarurat borligini bildirgan hollarda undan ham ko'proq masofada; qarama-qarshi va bir yo'nalishdagi transport vositalari haydovchilarining ko'zini qamashtirishi mumkin boʻlgan boshqa barcha holatlarda. Ko'zi qamashgan haydovchi avariya ishoralarini yoqishi, harakatlanish bo'lagini o'zgartirmasdan tezlikni kamaytirishi va to'xtashi kerak.