
Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. 1 ilova: 2.6. «Ro'para harakatlanishning ustunligi». Qarama-qarshi harakatlanishni qiyinlashtiradigan hollarda yo'lning tor qismiga kirish taqiqlanadi. Haydovchi yo'lning tor qismida bo'lgan yoki ro'paradan unga yaqin bo'lgan transport vositasiga yo'l berishi kerak.