❓ YHQ Savoli

Harakatlanishga ruxsat berilgan:

Savol 1 rasmi
Qizil, ko'k, yashil va sariq avtomobilga
Qizil, sariq va yashil avtomobilga
Qizil va sariq avtomobilga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma'noni bildiradi: qoʻllari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va oʻng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi; oʻng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat oʻngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonidan qatnov qismini kesib oʻtishga ruxsat etiladi; qo'lini yuqoriga ko'targanda: ushbu Qoidalarning 42-bandida ko'rsatilganidan boshqa hollarda transport vositalari va piyodalarning barcha yo'nalishlarda harakatlanishi taqiqlanadi; tartibga soluvchi haydovchi va piyodalarga tushunarli boʻlgan boshqa ishoralarni ham berishi mumkin. Ishoralar yaxshi ko'rinishi uchun tartibga soluvchi jezl yoki yorug'lik qaytaradigan qizil rangli moslamalarni qo'llashi mumkin.