
Izoh: YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda rel’ssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yo'ldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan, shuningdek ruxsat etilgan hollarda quvib o'tayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.