❓ YHQ Savoli

Moped haydovchilariga ruxsat beriladi:

Barcha sanab o'tilgan hollarda
Faqat yo'l yoqasidan harakatlanishga, agar piyodalarga halaqit bermasa
Faqat yo'lning chetki o'ng bo'lagi tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishga

Izoh: YHQ 28-bobi 166-bandi: Velosipedlar, individual harakatlanish vositalari, mopedlar, aravalar, miniladigan yoki yuk ortiladigan hayvonlarning yo'lning chetki o'ng bo'lagida imkoni boricha o'ng tomonidan bir qator bo'lib harakatlanishiga yo'l qo'yiladi. Agar piyodalarga xalaqit bermasa, yo'l yoqasidan harakatlanishga ham ruxsat etiladi.