
Izoh: Yuk avtomobilining muvozanati yo'qolishiga mahkamlanmagan yuk sabab bo'ladi. Burilishdagi harakat vaqtida mahkamlanmagan yuk, yuk platformasidan koʻchib, bortlariga urilishi va avtomobilning ag'darilishiga sabab bo'lishi mumkin. O'xshash holat suyuq yuk ortgan sisternali avtomobillari harakatlanishida ham yuzaga keladi. Suyuq yuk ortgan avtomobillarning burilishlarda harakatlanishi jarayonida yukning bir bortdan ikkinchi bortga ko'chishi yuzaga keladi. Suyuq yuk tebranib bortlarga urilishi natijasida avtomobilning muvozanati yo'qolishiga olib keladi.