❓ YHQ Savoli

Harakat tezligi ikki marta oshganda, tormozlanish yo'li necha marta ortadi?

Ikki marta
Tormoz yo'li harakat tezligiga bog'liq emas
Uch marta
To'rt marta

Izoh: Tormoz yo'li kattaligini quyidagi formula orqali aniqlash mumkin: 5=ke*va^2/2gp bunda S - tormoz yo'li; ke – avtomobilning ushbu yo'lda mumkin qadar haqiqiy sekinlashishi nazariy sekinlashishdan necha barobar kamligini koʻrsatuvchi tormozlanish samaradorligi koeffitsienti; va – avtomobil harakatining boshlang'ich tezligi; р - shinaning yoʻl bilan tishlashish koeffitsienti. Ushbu formuladan ko'rinadiki, tormoz yo'lining kattaligi tormozlanishdan avval harakatlanayotgan avtomobil tezligi kvadratiga nisbatan mutanosibdir. Shu bois harakat tezligi ikki barobar ko'paysa, tormoz yo'li toʻrt barobar ko'payadi.