❓ YHQ Savoli

Qaysi transport vositalariga harakatlanishga ruxsat berilgan?

Savol 2 rasmi
Mototsikl va yengil avtomobilga to’g’riga va o’nga
Mototsiklga o'nga, yengil avtomobilga to’g’riga va o’nga
Mototsiklga o’nga va yengil avtomobilga barcha yo’nalishlarga

Izoh: YHQ 7-bobi 38-bandi: Tartibga soluvchining ishoralari quyidagi ma’noni bildiradi: Qo'llari yon tomonga uzatilganda yoki tushirilganda: chap va o'ng yon tomonidan tramvayga to'g'riga, relssiz transport vositalariga to'g'riga va o'ngga harakatlanishga, piyodalarga qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat beriladi; old va orqa tomonidan barcha transport vositalari va piyodalarning harakatlanishi taqiqlanadi. o'ng qo'li oldinga uzatilganda: chap yonidan tramvayga chapga, relssiz transport vositalariga barcha yo'nalishlarda; oldi tomonidan barcha transport vositalariga faqat o'ngga harakatlanishga ruxsat beriladi; orqa tomonidan va o'ng yonidan barcha transport vositalarining harakatlanishi taqiqlanadi; piyodalarga tartibga soluvchining orqa tomonida qatnov qismini kesib o'tishga ruxsat etiladi.