
Izoh: YHQ 1 ilova: 3.4. «Yuk avtomobillarining harakatlanishi taqiqlangan». Toʻla vazni 3,5 tonnadan (agar vazni belgida koʻrsatilmagan bo'lsa) yoki to'la vazni belgida ko'rsatilgandan ortiq boʻlgan yuk avtomobillari va transport vositalari tarkiblarining, shuningdek traktorlar, o'ziyurar moslamalarning harakatlanishi taqiqlanishini bildiradi. 3.4 yo'l belgisi bortlariga qiya oq chiziq tortilgan yoki odamlarni tashish uchun mo'ljallangan yuk avtomobillarining harakatlanishini taqiqlamaydi.