
Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o'chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o'tish qoidalariga hamda chorrahada o'rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.