93

Bilet 93

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Aynalma harakatlanish chorrahasida...

Harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka egaTo'g'ri
Harakatlanayotgan transport vositalariga nisbatan aylanaga kirib kelayotgan transport vositalari ustunlikka ega

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Aylanma harakatlanish chorrahasida harakatlanayotgan transport vositalari aylanaga kirib kelayotgan transport vositalariga nisbatan ustunlikka (imtiyozga) ega.

Bu savol haqida batafsil →
2

Ushbu qo'shimcha axborot yo'l belgisi:

Savol 2
Ob'yektgacha bo'lgan masofani bildiradiTo'g'ri
Belgining ta'sir oralig'ini bildiradi

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.1.3, 7.1.4. «Ob'ektgacha bo'lgan masofa». Yo'ldan chetda joylashgan manzilgacha bo'lgan masofani bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi belgi ikkinchi darajali yo'l bilan tutashuvni bildiradi?

Savol 3
5
4
2To'g'ri
3
1

Izoh: YHQ 1 ilova: 2.3.2, 2.3.3. «Ikkinchi darajali yo'l bilan tutashuv». 2.3.2 — tutashuv o'ngdan, 2.3.3 — tutashuv chapdan. 2.3.1 — 2.3.3 yo'l belgilari aholi punktlarida kesishmagacha 50 — 100 metr masofada, aholi punktlaridan tashqarida esa 150 — 300 metr masofada o'rnatiladi.

Bu savol haqida batafsil →
4

Ushbu qo'shimcha yo'l belgisi bildiradi:

Savol 4
Belgi ta'sir oralig'ida to'xtagan transport vositalarini evakuatsiya qilinish ruxsat etilganligini bildiradi
Belgi ta'sir oralig'ida to'xtagan transport vositalarini evakuatsiya qilish taqiqlanganligini bildiradi
Belgi ta'sir oralig'ida to'xtagan transport vositalari majburiy evakuatsiya qilinishini ko'rsatadiTo'g'ri

Izoh: YHQ 1 ilova: 7.6.1. «Transport vositasini to'xtab turish joyiga qo'yish usuli». 7.6.1 barcha turdagi transport vositalarini to'xtab turishi uchun yo'lning qatnov qismida, trotuar yoniga qo'yish usulini, 7.6.2 — 7.6.9 trotuar yonidagi to'xtab turish joyiga yengil avtomobillar, mototsikllar, mopedlar va skuterlarni qo'yish usulini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
5

Qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa ko'rsatilgan?

Savol 5
Hech qaysi rasmda ajratuvchi mintaqa yo’qTo'g'ri
«Б»
«A»

Izoh: YHQ 1-ilova Umumiy qoidalar: Ajratuvchi mintaqa — yo'lning yonma-yon joylashgan qatnov qismlarini ajratuvchi, transport vositalari harakatlanishi yoki to'xtashi uchun mo'ljallanmagan, yo'l sathidan ko'tarilgan yoki maysazor, ariq, maxsus to'siqlar bilan ajratilgan baland qismi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Rasmda ko'rsatilgan chorraha-...

Savol 6
Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishadigan chorraha
Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishadigan chorrahaTo'g'ri
Tartibga solingan chorraha

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-o'chayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o'tish qoidalariga hamda chorrahada o'rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Bu savol haqida batafsil →
7

Ko'k avtomobil chorrahani kesib o'tadi:

Savol 7
Birinchi bo'lib
Oxirgi bo'libTo'g'ri
Ikkinchi bo'lib

Izoh: YHQ 16-bobi 104-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorrahada ikkinchi darajali yo'ldan harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi asosiy yo'ldan yaqinlashayotgan transport vositalariga ularning keyingi harakatlanish yo'nalishidan qat’iy nazar, yo'l berishi kerak. Bunday chorrahalarda tramvay harakatlanish yo'nalishidan qat’iy nazar, teng ahamiyatli yo'lda bir yo'nalishda yoki qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanayotgan relssiz transport vositalariga nisbatan imtiyozga ega.

Bu savol haqida batafsil →
8

Yo'nalishli bo'lmagan transport vositalari «A» xarfi bilan belgilangan o'ng tasmada qaysi holatlarda harakatlanishlari mumkin?

Savol 8
O'nga burilishda
Yo'lovchilarni chiqarish va tushirishda
Yuqoridagi barcha holatlarda aragda yo'nalishli transport vositalariga xalaqit bermasaTo'g'ri

Izoh: YHQ 22-bobi 132-bandi: Yo'nalishli transport vositalarining harakatlanishi uchun 5.9, 5.10.1 — 5.10.3 yo'l belgilari bilan ajratilgan tasmada boshqa transport vositalarining harakatlanishi va to'xtashi taqiqlanadi. Agar 5.9 yo'l belgisi bilan belgilangan tasma qatnov qismining boshqa tasmalardan uzuq-uzuq chiziq bilan ajratilgan bo'lsa, burilmoqchi bo'layotgan transport vositalari bu tasmaga qayta tizilishlari kerak. Shuningdek, bunday joylarda yo'nalishli transport vositalarining harakatiga xalaqit bermaslik sharti bilan yo'lga chiqish, qatnov qismining chetki oʻng tomonida yo'lovchilarni chiqarish va tushirish uchun bu bo'lakka o'tishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Agar avtomobilning o'ng g'ildiraklari nam qoplamali yo'l yoqasiga chiqib qolsa, tavsiya etiladi?

Avtomobilni tormozlamasdan, yo'lning harakat qismiga ohista ravon burishTo'g'ri
Avtomobilni tormozlash va to'liq to'xtatish
Avtomobilni tormozlab, yo'lning harakat qismiga ohista ravon burish

Izoh: Bunday holatda avtomobilni moment kuchlar burib yuborishga moyil bo'ladi, shuning uchun ikkinchi javobdagi usulni qo'llang.

Bu savol haqida batafsil →
10

Turar joy dahalarida qanday eng katta tezlikda harakatlanishga ruxsat etiladi?

40 km/s
20 km/sTo'g'ri
5 km/s
30 km/s

Izoh: YHQ 11-bobi 78-bandi: Aholi punktlarida transport vositalarining tezligini soatiga 70 kilometrdan, tegishli yo'l belgilari o'rnatilgan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlariga yetmasdan va o'tib ketib 300 metrdan kam masofada soatiga 30 kilometrdan, turar joy dahalari va yondosh hududlarda (uy-joy binolari orasidagi yer uchastkasida) esa soatiga 20 kilometrdan oshirmasdan harakatlanishga ruxsat etiladi.

Bu savol haqida batafsil →