
Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.