94

Bilet 94

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Qaysi belgi yo'lning kichik radiusli xavfli burilish joyiga yaqinlashayotganlik haqida ogohlantiradi?

Savol 1
3
2
4To'g'ri
1

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.11.1, 1.11.2. «Xavfli burilishi». 1.11.1 — o'ngga, 1.11.2 — chapga yo'l belgilari yo'lning kichik radiusli yoki ko'rinishi cheklangan burilish joyini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
2

Yo'l to'sig'iga chizilgan tik chiziq nimani bildiradi?

Savol 2
Yo'lning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo'l to'siqlarining yon yuzalarini bildiradiTo'g'ri
Temir yo'l kesishmasiga yaqinlashayotganlik haqida
Xavfli chorrahaga yaqinlashayotganlik haqida

Izoh: YHQ 2 ilova: 2.5 — yoʻlning kichik radiusli burilish, tik nishablik va boshqa xavfli joylarda yo'l to'siqlarining yon yuzalarini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
3

Qaysi belgilar axborot-ko'rsatkich belgilari?

Savol 3
3 va 4
1 va 2
2 va 3To'g'ri
1 va 4

Izoh: YHQ 1 ilova: Axborot-ishora belgilari

Bu savol haqida batafsil →
4

Yo'lning xavfli burilishlarida oldingi uzatmali avtomobilning orqa o'qi yon tomonga sirpanayotganda siz qanday harakat qilasiz?

Gaz berishni kamaytirib rul chambaragi bilan boshqaruvni barqarorlashtirasiz
Gaz pedalini ko'proq bosib, avtomobilni rul chambaragini o'zgartirmasdan sirpanishdan olib chiqasiz
Tormozlab turib rul chambaragini sirpangan tomonga burasiz
Gaz pedalini ohista bosib avtomobilni rul chambaragini to'g'rilab avtomobilni sirpanishdan olib chiqib ketasizTo'g'ri

Izoh: Oldingi uzatmali avtomobillar orqa uzatmali avtomobillardan yetarlicha farq qiladi. Bu farqni avtomobil boshqaruvida e'tiborga olish kerak. To'g'ri yoʻlda yuqori tezlikda harakatlanishda orqa yetaklovchi avtomobilga nisbatan yonga siljish extimoli kam. Biroq nam qoplamali burilishlarda avtomobil boshqarish texnikasiga rioya etilmasa, nafaqat yonga sirpanish balki avtomobil barcha g'ildiraklarining yonga siljishi va yo'l-transport hodisalari kelib chiqishi ehtimoli mavjud.

Bu savol haqida batafsil →
5

Avtomobilning ABS tizimi burilishda sirpanish va yonga siljishni oldini oladimi?

Avtomobil sirpanish va yonga sirpanishini oldini olmaydiTo'g'ri
Avtomobil faqat yonga siljish ehtimolining oldini oladi
Avtomobil faqat sirpanish ehtimolining oldini oladi

Izoh: Antiblokirovka tizimi (ABS) avtomobilning tormoz tizimi bilan birga qarama qarshi ishlab uni tartibga soladi, ya’ni g'ildiraklarni keskin tormozlaganda ularni blokirovkadan asraydi. Bu bilan avtomobilni turg'unligini va boshqaruvchanligini yengillashtiradi. Bu tizimning o'ziga yarasha qulayligi va shu bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Qo'qqisdan tormozlanganda hatto quruq, qattiq qoplamali yo'llarda ABS tizimi avtomobilni to'xtata olmaydi uni ishga tushish vaqti (1-2 sek.) ushbu vaziyatga haydovchi ko'nikma hosil qilishi kerak. Bu esa o'z navbatida tajriba talab etadi. Burilishlarda markazdan qochirma kuch evaziga ABS sirpanish va siljishga ta’sir eta olmay qolish ehtimoli yuzaga keladi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi yo'l belgilari yo'lning tor qismida haydovchiga ustunlik beradi?

Savol 6
«Б» va «B»
«Б» va «Г»To'g'ri
«A» va «B»
Faqat «B»

Izoh: YHQ 21-bobi 128-bandi: Agar yo'lning 1.13 va 1.14 yo'l belgilari bilan belgilangan qiyaliklarda, qarama-qarshi yo'nalishlarda harakatlanishni qiyinlashtiradigan to'siq bo'lsa, nishablikka harakatlanayotgan transport vositasining haydovchisi yo'l berishi kerak. YHQ 1 ilova: 2.7. «Ro'paradagi harakatlanishga nisbatan imtiyoz» belgisi. Yo'lning tor qismida harakatlanishda haydovchi ro'paradan kelayotgan transport vositasiga nisbatan imtiyozga egaligini bildiradi.

Bu savol haqida batafsil →
7

Avtomobil haydovchisi qayrilib olmoqchi:

Savol 7
Chorrahaga birinchi bo'lib o'tadi
Tramvayga yo'l berib qayrilib oladiTo'g'ri

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega boʻlgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi oʻngdan kelayotgan transport vositalariga yo'l berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. Bunday chorrahalarda, keyingi harakat yo'nalishidan qat'i nazar, tramvay relssiz transport vositalariga nisbatan oldin oʻtish huquqiga ega bo'ladi.

Bu savol haqida batafsil →
8

Rasmda ko'rsatilgan chorraha-...

Savol 8
Tartibga solingan chorrahaTo'g'ri
Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo'lmagan yo'llar kesishgan chorraha
Tartibga solinmagan, teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorraha

Izoh: YHQ 14-bobi 98-bandi: Harakatlanish navbati svetofor yoki tartibga soluvchining ishoralari orqali aniqlanib boshqarilayotgan chorraha — tartibga solingan chorraha hisoblanadi. Miltillovchi sariq ishora yonib-oʻchayotgan, svetoforlar ishlamayotgan yoki tartibga soluvchi bo'lmagan chorraha — tartibga solinmagan chorraha hisoblanadi. Haydovchilar tartibga solinmagan chorrahalardan o'tish qoidalariga hamda chorrahada o'rnatilgan imtiyoz belgilariga amal qilishlari shart.

Bu savol haqida batafsil →
9

Ushbu yo'l belgisi qanday maqsadda qo'llaniladi?

Savol 9
Ehtiyot choralarini ko'rish uchun
Majburiy tarzda tezlikni kamaytirish uchunTo'g'ri
Keskin tormoz berish uchun

Izoh: YHQ 1 ilova: 1.31. «Sun’iy yo'l notekisligi». Yo'lning sun’iy notekislik o'rnatilgan qismiga yaqinlashayotganligi to'g'risida ogohlantiradi. Transport vositasining harakatlanish tezligini majburiy tarzda kamaytirish uchun qo'llaniladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Mototsikl haydovchisi qo'lini yuqoriga ko'tarib nima haqida axborot berayapti?

Savol 10
O'ngga burilmoqchi ekanligi haqida
To'xtash haqidaTo'g'ri
Harakatni davom ettirish haqida

Izoh: YHQ 8-bobi 45-bandi: Haydovchi harakatlanishni boshlashdan, qayta tizilishdan, burilish (qayrilib olish)dan va to'xtashdan oldin tegishli yo'nalishni koʻrsatuvchi yorug'lik ishoralarini yoqishi, ular bo'lmaganda yoki ishlamaganda qo'l bilan ishoralar berishi shart. To'xtash ishorasi chap yoki o'ng qoʻlni yuqoriga ko'tarib beriladi.

Bu savol haqida batafsil →