Izoh: YHQ 3 ilova 7.22 band: M toifasi — kamida to'rt g'ildirakka ega bo'lgan va yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari, shu jumladan: M1 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari. M2 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha bo'lgan avtotransport vositalari. M3 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko'p bo'lgan avtotransport vositalari.
❓ YHQ Savoli