96

Bilet 96

YHQ imtihoni uchun 10 ta savol — to'g'ri javoblar va izohlar bilan

1

Chapga burilayotgan sariq avtomobil haydovchisi qaysi tasmani egallashi kerak?

Savol 1
Istalgan tasmaniTo'g'ri
O'rta tasmani
O'ng tasmani
Chap tasmani

Izoh: YHQ 9-bobi 57-bandi: Burilishni shunday amalga oshirish kerakki, bunda qatnov qismlarining kesishmasidan chiqayotgan transport vositasi qarama-qarshi yo'nalishdagi harakat tomoniga o'tib ketmasligi kerak. O'ngga burilayotgan transport vositasi iloji boricha qatnov qismining oʻng tomoniga yaqinroqda harakatlanishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
2

O'ng tomondagi yondosh hududan foydalanib qayrilib olishning ko'rsatilgan qaysi usuli harakat xavfsizligini ta'minlaydi.

Savol 2
Faqat o'ng tomondagi suratda
Faqat chap tomondagi suratdaTo'g'ri
Har ikki suratda

Izoh: Chap tarafdagi suratda Siz yondosh xududdan chikishda vaziyatni tulik nazorat kila olasiz. O'ng tomondagi suratda yo'lga orqa tomon bilan chiqish siz uchun nisbatan xavfli, chunki yo'lni harakat qismida orqa bilan harakatlanayapsiz, shu bilan bir qatorda ko'rish maydoni cheklangan.

Bu savol haqida batafsil →
3

M toifadagi transport vositalari bu:

Kamida to'rt g'ildirakka ega bo'lgan va yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalariTo'g'ri
Yuk tashish uchun mo'ljallangan, eng katta vazni 3,5 t dan oshmaydigan avtotransport vositalari
Tirkamalar (yarim tirkamalar ham)

Izoh: YHQ 3 ilova 7.22 band: M toifasi — kamida to'rt g'ildirakka ega bo'lgan va yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan mexanik transport vositalari, shu jumladan: M1 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan va haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan oshmaydigan avtotransport vositalari. M2 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t gacha bo'lgan avtotransport vositalari. M3 toifasi — yo'lovchilarni tashish uchun foydalaniladigan, haydovchining o'rindig'idan tashqari o'rindiqlar soni 8 tadan ortiq va eng katta vazni 5 t dan ko'p bo'lgan avtotransport vositalari.

Bu savol haqida batafsil →
4

Ushbu yo'l belgisi qanday nomlanadi?

Savol 4
Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlanganTo'g'ri
Katta o'lchamli yuklarni tashish taqiqlangan
Yuk avtomobillari bilan quvib o'tish taqiqlangan

Izoh: YHQ, 1 ilova 3.32: «Xavfli yuk tashiyotgan transport vositasining harakati taqiqlangan».

Bu savol haqida batafsil →
5

Yo'lning qatnov qismi-...

Yo'lning avtomobillar harakati uchun mo'ljallagan qismi
Yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallagan qismiTo'g'ri
Yo'lning transport vositalari harakati uchun mo'ljallagan qismi

Izoh: YHQ umumiy qoidalar: Qatnov qismi — yo'lning relssiz transport vositalari harakati uchun mo'ljallangan qismi.

Bu savol haqida batafsil →
6

Qaysi rasmdagi avtomobil haydovchisi yuk tashish qoidasini buzayapti?

Savol 6
«A»To'g'ri
«A» va «Б»
«Б»

Izoh: YHQ 27-bobi 163-bandi: Transport vositasining gabaritlaridan oldi yoki orqa tomonga 1 metrdan, yon tomonga gabaritning chetki qismidan 0,4 metrdan ortiq chiqib turgan yuk «Katta o'lchamli yuk» taniqlik belgisi bilan belgilanishi, sutkaning qorong'i vaqtida va yetarlicha ko'rinmaydigan sharoitda esa bunga qo'shimcha ravishda oldi oq rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich, orqasi esa qizil rangli chiroq yoki yorug'lik qaytargich bilan belgilanishi kerak.

Bu savol haqida batafsil →
7

Chorrahani oxirgi bo'lib qaysi transport vositasi kesib o'tadi?

Savol 7
Qizil avtomobilTo'g'ri
Yashil avtomobil
Ko'k avtomobil

Izoh: YHQ 16-bobi 105-bandi: Teng ahamiyatga ega bo'lgan yo'llar kesishgan chorrahada relssiz transport vositasining haydovchisi o'ngdan yaqinlashayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak. YHQ 16-bobi 107-bandi: Chapga burilishda yoki qayrilib olishda relssiz transport vositasining haydovchisi teng ahamiyatli yoʻldan qarama-qarshi yo'nalishdan to'g'riga yoki o'ngga harakatlanayotgan transport vositalariga yoʻl berishi shart. Bu qoidaga tramvay haydovchilari ham o'zaro amal qilishlari kerak.

Bu savol haqida batafsil →
8

Haydovchi yo'lning relssiz transport vositalari harakatlanayotgan tasmalar sonini belgilaydigan chiziqlar yoki yo'l belgilari bo'lmasa, tasmalar sonini qanday aniqlash kerak?

Qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit o'lchamlarini hisobga olgan holda o'zi aniqlaydiTo'g'ri
Bunday yo'lni ikki tasmali qarama qarshi harakat tashkil qilingan yo'l deb qabul qilish kerak

Izoh: YHQ 10-bobi 64-bandi: Relssiz transport vositalari harakatlanadigan tasmalar soni chiziqlar va (yoki) 5.8.1, 5.8.2, 5.8.7, 5.8.8 yo'l belgilari bilan belgilanadi. Bunday chiziqlar yoki yoʻl belgilari bo'lmasa, haydovchilar harakatlanish tasmalari sonini, qatnov qismining kengligini, transport vositalari orasidagi zarur yonlama oraliq masofani va ularning gabarit oʻlchamlarini hisobga olgan holda o'zlari aniqlaydilar. Bunda harakatlanish ikki tomonlama boʻlgan yo'l qatnov qismining chap tomondagi yarmi, qatnov qismining joylardagi kengayishlari (sekinlashish va tezlashish tasmalari, balandlikka ko'tarilishdagi qoʻshimcha tasmalar, yo'nalishli transport vositalarining to'xtash joylaridagi kengayishlar)ni hisobga olmagan holda, qarama-qarshi yo'nalishda harakatlanish uchun mo'ljallangan deb hisoblanadi.

Bu savol haqida batafsil →
9

Balandlika yo'l chetida to'siq mavjud bo'lganda to'xtagan avtomobilni joyidan g'ildirab ketishini oldini olish uchun oldingi g'ildiraklarni burib qo'yish usuli qaysi javobda to'g'ri ko'rsatilgan?

Savol 9
«Б» va «B»
«A» va «Г»
«A» va «B»To'g'ri
«Б» va «Г»

Izoh: YHQ 13-bobi 95-bandi: Transport vositasining o'z-o'zidan harakatlanib ketishini yoki o'zi yo'qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko'rgandan keyingina haydovchi o'z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin. Qiyalikda avtomobilni nazarda tutilmagan g'ildirab ketishini oldini olish uchun avtomobil g'ildiraklarini nishablik tomon yo'l cheti tosh bordyurga burib tirab qo'yish (A) va aksincha orqaga g'ildirab ketishni oldini olish uchun oldingi g'ildiraklarni orqa tomoni tosh bordyurga taqab qo'yish (B) avtomobilni joyidan qo'zg'almaslikni qo'shimcha choralari bo'lib xizmat qiladi.

Bu savol haqida batafsil →
10

Qaysi yo'l belgilari yo'nalishsiz transport vositalariga chapga burilishni taqiqlaydi?

Savol 10
«A» va «Б»
Faqat «A»
Hammasi
«A» va «B»To'g'ri

Izoh: YHQ 1-ilovaning quyidagi bandlar: 5.10.2, 5.10.3. «Yunalishli transport vositalari uchun alohida ajratilgan tasmasi bor yo'lga chiqishi». 5.11.1. «Qayrilib olish joyi». Chapga burilish taqiqlanadi.

Bu savol haqida batafsil →