
Izoh: YHQ 13-bobi 95-bandi: Transport vositasining o'z-o'zidan harakatlanib ketishini yoki o'zi yo'qligida undan foydalanishni istisno qiladigan zarur ehtiyot choralarini ko'rgandan keyingina haydovchi o'z joyini tashlab ketishi yoki transport vositasini qoldirishi mumkin. Qiyalikda avtomobilni nazarda tutilmagan g'ildirab ketishini oldini olish uchun avtomobil g'ildiraklarini nishablik tomon yo'l cheti tosh bordyurga burib tirab qo'yish (A) va aksincha orqaga g'ildirab ketishni oldini olish uchun oldingi g'ildiraklarni orqa tomoni tosh bordyurga taqab qo'yish (B) avtomobilni joyidan qo'zg'almaslikni qo'shimcha choralari bo'lib xizmat qiladi.