Izoh: YHQ 5-bobi 24-bandi: Yo'lovchilarga quyidagilar taqiqlanadi: transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda haydovchini boshqarishdan chalgʻitish (unga xalaqit berish); harakatlanayotgan bortli yuk avtomobillarida tik turish, bortlarda yoki undan yuqoridagi yuk ustida o'tirish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda uning eshiklarini ochish; transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda salondan tana qismlarini (qo'ldan tashqari) chiqarish taqiqlanadi. Bu talablarning bajarilishini haydovchi nazorat qilishi kerak.
❓ YHQ Savoli